"Real" sobiq xavbeki Gago top-klub bosh murabbiyiga aylanadi

Alisher
6 okt 2024
Fernando Gago yaqin vaqtlarda "Boka Xuniors" bosh murabbiyiga aylanadi.

Buenos-Ayres klubi 2023 yilning dekabridan buyon Meksikaning "Gvadalaxara" jamoasida ishlayotgan 38 yoshli argentinalikning tovon pulini to'laydi.

Gago – "Boka Xuniors" tarbiyalanuvchisi, sobiq tayanch yarim himoyachisi "Real", "Roma", "Valensiya" va Argentina terma jamoasidagi o'yinlari orqali yaxshi tanish.

U shuningdek oldinroq Argentinaning "Rasing" jamoasiga ham ustozlik qilgan.


AlisherMuallif
Manba: AM