"Real Sosedad" va "Valensiya" Arnautovichga qiziqishmoqda

Tolibjon Qosimov
3 avg 2013
"Realu Sosedad" va "Valensiya" klublari "Verder" hujumchisi Marko Arnautovichga qiziqib qolishdi, deb xabar bermoqda nemis matbuoti.
"Men Arnautovich borasidagi takliflarni o'rganib chiqayapman", - deydi Germaniya klubi sport direktori Tomas Ayxin.

Eslatib o'tamiz, "Verder" Arnautovichga jazo tariqasida asosiy tarkib bilan mashq qilishdan chetlatgandi. Bunga sabab futbolchi mashinani tungi soat uchda katta tezlikda haydagan va tartibni buzgandi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com