"Real" TV Simeonening hakamlik haqidagi so'zlariga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
18 jan 2025
"Real" TV vakillari Diego Simeonening hakamlik haqida aytgan so'zlariga javob berdi.

"Real" Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Selta"ni ekstray taymlarda mag'lub (5:2) etdi. Birinchi bo'limda bosh hakam Xose Munuera Montero darvozabon Andrey Lunin o'z jarima maydonchasida raqib futbolchisi Villiot Svedbergni yiqitgani uchun penalti belgilamadi.

O'yindan keyin "Atletiko" ustozi ushbu bahsdagi hakamlik qarorlari haqida to'xtaldi: "Bu yuz yildan beri sodir bo'ladi. Odamlar nega hayron bo'lishadi, tushunmayman".


"Atletiko" - bu tizim haqiqatdan ham yordam beradigan jamoa. Villiot aslida yo'q penaltidan jabr ko'rdi, "Alaves" esa g'alaba qozonayotib qo'yilmaydigan penalti so'radi.

O'tgan yili "Real" "Atletiko"ga qarshi bahslarda hakamlik tizimi tufayli ko'p aziyat chekdi. LaLigning 2020/21 mavsumi haqida nima deyish mumkin? "Atletiko" uni hakamlik tizim tufayli yutgan" - dedi "Real" TV vakili Xesus Alkayde.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: Marca

Izohlar

WalveRine-_-6
18 jan
Osha vaziyatda 100% penalti bor edi. VAR qanaqasiga bu vaziyatni kormadi tushunish qiyin.
Merdan Hudayguliyev
18 jan
Ispanyada Barça, Atletico futbolchilari jarima maydonchasi ichida oyakini sindirsayam sudyalar penalti belgilamaya korkishadi. Lekin realdan biror tana maymun o'z oyog'ini bosib tushsayam penaltı belgilaveradilar
Realcha
18 jan
Nega tushinmaysizlar Qirol va oilasidan kim ham qòrqmaydi. pul ham qonun ham uni qòlidaku
Азизжон Саидбоев
18 jan
Шу барсани мухлислари ёзмасада. Судялага пул тўлаганигача исботланса ҳам тан олишмайди
Achchiq bo'lsayam haqiqat yaxshi
18 jan
Агар Реални ҳакамлар поддежка қилиб юрганида барселонаям бошқасиям ютолмасди. Реални мутасаддилари ахмоқмас энг керакли ўйинда ҳакамни сотиб олмай. Агар ҳакам билан ютиб юришганида Эл-Классиколарда ютиб қўйишарди. Негадир шу сайтни админларига Реалникига осилиш жуда ёқади. Нуқул Реал ҳақида ковлаштириладиган постларни жойлаб боришади.