"Real" Vinisius atrofidagi muhitdan xavotirda

Alisher Ostonov
21 dek 2025
Madridning "Real" klubi La Liganing 17-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga (2:0) qarshi o'yinda muxlislar tomonidan hushtakbozlik qilingan hujumchi Vinisius Junior tomonida.

Ammo, "qaymoqranglilar"dagilar braziliyalik futbolchi atrofida so'nggi oylarda yuzaga kelgan muhitdan xavotirda.

Manbaga ko'ra, Vinisius va “qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres o'rtasida to'laqonli muloqot mavjud. "Real" rahbariyati hujumchining maydondagi mehnati va qatiyatini qadrlaydi. Shu bilan birga, 25 yoshli hujumchining o'zi ham mavsumning hozirgi bosqichida optimal formada emasligini tan oladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: AS