

"Qaymoqranglilar" serbiyalik forvardni Kilian Mbappega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
"Real"dagilarning fikricha, hozir Mbappega ortiqcha yuklama berilmoqda. Zaxira o'rindig'ida unga munosib o'rinbosar yo'q. Shu bois madridliklar Vlaxovichga ko'z tikmoqda.
Avvalroq OAV Dushanni "Barselona" va APLning bir qator top-klublari bilan ham bog'lagandi. Ammo, rasmiy takliflarga hali yetib borilgani yo'q.



