"Real" yaqin yillar ichida Ispaniya termasi asosi bo'lishni istamoqda

Mirjalol Normatov
17 nov 2024
"Real" tarkibini ispaniyalik futbolchilar bilan kuchaytirishni istamoqda.

"Relevo" malumotiga ko'ra, "Real" rahbarlari bir ovozdan ispaniyalik futbolchilarni ko'proq tarkibga jalb qilish borasida kelishishgan. Shu orqali jamoa Ispaniya termasining asosi bo'lishni reja qilishgan. Endilikda "Real" Ispaniya termasida o'ynaydigan futbolchilarni tarkibga jalb qilish borasida ko'proq o'ylaydi.

So'nggi yillarda jamoaga jalb qilingan ispaniyalik futbolchilar ishonchni oqlamagani bois etibor legionerlarga qaratilgandi. Ammo Ispaniyaning turli yoshdagi termalari va asosiy termasi butun dunyoni zabt etayotgan paytda klub o'z transfer siyosatiga o'zgartirishlar kiritadi. Noyabr oyida "Real"ning biror futbolchisi Ispaniya termasiga chaqirilgani yo'q.

Ayni damda Ispaniya termasida o'ynayotgan Rodri, Emerik Laport va Pedro Porro kabi futbolchilar "Real" nishonida bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Relevo

Izohlar

Alisher Abdurahimov
17 nov 2024
Xxaxaxa ajoyiba paytaxni kamandasidan birontaxam fudbolchi chaqirilmasaya yana nima deb kerilishadi Ispaniya qirolini kamandasimish soxta kamanda pulni kuchi bilan shunchalik turgan kamanda bu klubga fudbolchilar mazza qilib fudbol oʻyneman oʻyindan zavq olaman deb kelmedi barisi shouv uchun piar uchun kelishadi soxtalar
Alisher Abdurahimov
17 nov 2024
Ispaniyani terma kamandasini asosi oʻzagini Bassa fudbolchilar tashkil qiladi azaldan shu oʻzi Ispaniyani barcha sovrinlarini Barssa fudbolchilari yutib berishadi shu sovrinlarni Barssa muzeyiga qpyishsaxam boʻlaveradi
BarsAndijon
18 nov 2024
Хааа узок йиллар учун режа ёмонмас...
Our life similar to smart dream.
17 nov 2024
Viktor Valdes, Karles Puyol, Jerar Pike, Jordi Alba, Sergio Buskets, Xavi, Iniesta. Bir vaqtlar Barsaning Asosiy tarkib oʻyinchilari Ispaniya TJ ming oʻzagi boʻlgan ekan. Real endi harakat qilib koʻrmoqchi (lol)
Sherzod_2020
17 nov 2024
Pedri, Gavi, Yamal, Cubarsi, Cassado bularni yoshini xisobga olinsa bu 10 yillikda terma jamoa o‘zagi bo‘lish qiyin