"Real"ga "Manchester Siti" himoyachisini taklif qilishdi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2025
Manuel Akanji "Real"da o'ynash niyatida.

Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko'ra, so'nggi haftalarda Madrid klubiga turli takliflar kelib tushdi, shulardan biri "Manchester Siti"ning markaziy himoyachisi Manuel Akanjini sotib olish bo'ldi. "Real"dagilar bu xabardan hayratlanishdi.  

Takidlanishicha, hozirda jarohatdan tiklanayotgan shveycariyalik futbolchi yangi jamoada o'zini sinab ko'rish va vaziyatni o'zgartirish istagida. Biroq Akanjining transferi "Real"ning yosh futbolchilarni sotib olishga qaratilgan strategiyasiga mos kelmaydi. Ushbu strategiyaga ko'ra, klub uzoq vaqt davomida ustunlik qila oladigan yoshlarga etibor beradi.  

Joriy mavsumda 29 yoshli himoyachi APLda 20 ta o'yin o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: Marca

Izohlar

G'ayrat Xudoyberdiyev
25 mar
Akanji nima kerak oʻzi Peres akani oʻzi biladi kimni olishni chempionlar ligasini yutib la ligani Barsaga bersa yoʻq bumaydi Barsachilar keyin maqtanadi la ligani oldik deb nasb ikkala kubok xam Realniki boʻladi
=JAGUAR=
25 mar
Akanji Cityni eng dovdir himoyachisi!
mirabzal
25 mar
Керемас
Н.Н.Н
25 mar
Ситида бирор ишни котиролмаган химоячи Риялда нима килади Пересни калласи жойида хали