"Real"ga Rodri kerak

Mirjalol Normatov
21 iyun 2025
"Real" "Shtutgart" futbolchisi Angelo Shtillerning transferidan voz kechdi.

Ushbu futbolchi Luka Modrichga o'rinbosar sifatida ko'rilayotgandi. Biroq "Real" futbolchining transferidan voz kechdi. Klubdagilar oldinroq "Real Sosedad"dan Martin Subimendini jamoaga jalb qilishni reja qilgandi, biroq futbolchi "Arsenal"ga o'tishga qaror qlidi. "Real" esa tezda asosiy tarkibga kirib, Kroos va Modrichning o'rnini bosishga kafolat beradigan futbolchi izlamoqda.

Bu yo'lda asosiy nomzod sifatida "Manchester Siti" yetakchisi Rodri ko'rilmoqda. Shuningdek, "Liverpul" xavbeki Aleksis MakAllister ham short-listda bor. Biroq ispan grandi ispaniyalikning variantini yuqoriroqqa qo'ymoqda.

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda jarohati sababli deyarli o'ynamadi. U APLning faqatgina 3 o'yinida maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS