"Real"ning asosiy transfer maqsadi ma'lum

"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavercning xizmatlariga Madridning "Real" klubi jiddiy tarzda qiziqish bildiryapti, deb xabar qildi Defensa Central.

20 yoshli germaniyalik xavbekning ehtimoliy transfer narxi 100 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda. Avvalroq Xavercga "Barselona" ham jiddiy ravishda qiziqayotgani ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uchun, Bundesliganing joriy mavsumida 22 o'yin o'tkazgan yarim himoyachi 6 golga mualliflik qilgan.


Manba: Defensa Central