"Real"ning sobiq himoyachisi: "Golovinni ajoyib kelajak kutmoqda"

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018
"Real" va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Michel Salgado Rossiya terma jamoasi va SSKA yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"Hozirda u Yevropaning har qanday eng kuchli klublarida muvaffaqiyatli o'yin ko'rsata oladi. Balki u "Real"ning o'yin modeli uchun ham mos tushishi mumkindir. Aleksandr juda istedodli futbolchi va ishonchim komilki, uning kelajagi ajoyib bo'ladi", - dedi Salgado.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru