"Real"ning sobiq prezidenti: "Ronalduni sotgani uchun Peres jazosini oladi"

Mirjalol Normatov
15 iyul 2018
"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon Krishtianu Ronalduning transferi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Real" Ronalduni sotib katta xato qildi, bu jamoaga qimmatga tushadi. Ko'pchilik Neymar va Kilian Mbappe haqida gapirmoqda, biroq ular Ronalduning darajasiga yetishiga anchagina bor. Uning tovon puli 1 mlrd evro ekanligi ham ko'p narsani bildirardi.

Florentino Peres xatosi uchun jazosini oladi. Krishtianu dunyoning eng zo'r futbolchisi. Uning saviyasi Alfredo Di Stefano, Pele va Yoxan Kroyff bilan bir xil", - dedi Kalderon.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca