Realning to'rt nafar futbolchisi ECHL rekordini takrorladi

Khoja
2 jun 2024
Real Madridning to'rt nafar futbolchisi ECHLda oltinchi marta chempionlikni qo'lga kiritishdi.

Shu tariqa, Luka Modrich, Toni Kroos, Dani Karvaxal va Nacho Fransisko Xentoga tegishli bo'lgan ECHL rekordini takrorladi. Aynan faqatgina Xento shu vaqtga qadar ushbu musobaqada olti marta g'olib bo'lgandi.

Shuningdek, Lukas Vaskes beshinchi marta ECHL bosh sovrinini boshi uzra ko'tardi. Shu tariqa, u sovrin yutish bo'yicha Garet Beyl (Real), Karim Benzema (Real), Isko (Real), Kazemiro (Real), Paolo Maldini (Milan), Marselo (Real), Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted, Real), Alfredo Di Stefano (Real), Xose-Mariya Sarraga (Real) kabi futbolchilarga etib oldi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar

bekjon jabborov
2 jun 2024
Asosan real futbolchilariku, bir-biridan kim oʻzarga oʻynagandek.
real navdak
2 jun 2024
Рекордга шанс бор