Reshford: "Manchester Yunayted" "Liverpul" bilan o'yinda 2 ochko yo'qotdi"

Alisher
21 okt 2019
"Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford "Liverpul" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

APLning 10-turiga kelibgina MYU "Liverpul"dan ochko tortib oldi.

O'yinda dastlab Markus Reshford hisobni ochgan bo'lsa, o'yin so'nggilarida "Liverpul" hisobni tenglashtirdi.

"Bugun "Liverpul" 1 ochko ishlab oldi, biz esa 2 ochko yo'qotdik. Afsus, bu o'yin juda muhim edi. Agar biz hamma uchrashuvlarda hujumga o'tib o'ynasak, bunga juda kam jamoa dosh bera oladi.

Ammo, biz to'xtab qoladigan bo'lsak, yana muammolar boshlanadi. Endilikda Yevropa Ligasi o'yiniga tayyorlanishimiz kerak", - deydi Reshford.


AlisherMuallif
Manba: BBC