Reshford MYUning juma kungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi

Omonjon To`xtamirzayev
28 jan 2024
O'z navbatida, futbolchini chorshanba kuni tungi klubda ko'rishgan.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford juma kuni klub mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Internet tarmog'ida esa futbolchi chorshanba kuni Belfastdagi tungi klublardan biriga tashrif buyurgani aks etgan video tarqaldi. Futbolchiga yaqin insonlarning malum qilishicha, Markusning qorni ochgan va u erga ovqatlanib olish uchun kirgan. Sog'lig'idagi muammo tufayli esa ortga qaytish uchun reysini boshqa kunga o'zgartirishga majbur bo'lgan. 

"Qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag shogirdi Reshford salomatligi bilan bog'liq muammo tufayli jamoa mashg'ulotini o'tkazib yuborganini malum qildi.

Bugun kechasi "Manchester Yunayted" Angliya Kubogi doirasida "Nyuport Kaunti"ga qarshi o'yin o'tkazadi. Reshfordning undagi ishtiroki hozircha so'roq ostida qolmoqda. 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: dailymail.co.uk

Izohlar

Forever Manchester United
28 jan 2024
1 marta masku panika qilishga hojat yuq utgan sezon ham shu ishini qilgandi Myuga omad