Risharlison "Everton"ga qarshi o'yinda jarohatidan keyin yig'ladi

Mirjalol Normatov
16 okt 2022
"Tottenxem" hujumchisi Risharlison jarohatidan keyin yig'ladi.

APL doirasida "Everton"ga qarshi o'yinning 52-daqiqasida uning boldir mushaklarida muammo bo'lgani sababli almashtirilgandi. "ESPN" nashrining yozishicha, Risharlison kiyim almashtirish xonasida yig'lagan. U JCH oldidan shunday holat bo'lganidan xavotirdaligini aytgan.

Braziliyalik futbolchida bunga qadar ham shunday holat bo'lgan va o'shanda u 2 haftaga safdan chiqqandi. Hozircha uning qancha vaqtni maydondan tashqarida o'tkazib yuborishi aniq emas. Agarda jarohat jiddiy bo'lmasa, uning safga qaytishi uchun taxminan 1 oy vaqt sarflanadi.

Ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi 15 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN