Rober Pires "Real" - PSJ o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi

Alisher
9 mar 2022
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Rober Pires Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yinlari doirasidagi "Real" - PSJ bahsi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ilk o'yin parijliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

"Tajriba katta ahamiyat kasb etadi. U jamoa bo'lishi kerak. Anchelotti shogirdlari kurashga qayta olishadi. Ayniqsa muxlislar bilan to'la bo'lgan "Santyago Bernabeu"da. Ular o'yinchilarga yordam berishadi. "Real" - ushbu o'yinda favorit.

PSJ o'zining barcha imkoniyatlaridan foydalanadi. Mbappe ajoyib formada, Messi bilan hammasi joyida, Neymar esa temp yig'ib olishi kerak", - deydi Peres.

Eslatib o'tamiz, "Real" - PSJ o'yini bugun Madridda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Marca