Roberto Karlos: "Hozir Titeda oldingisidan ko'ra yaxshiroq tanlovlar bor"

Mirjalol Normatov
20 noya 2022
Braziliyalik sobiq futbolchi Roberto Karlos milliy termaning JCH-2022dagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

"2002 yilgi turnirda favoritlar bo'lmagandi. O'shanda Luis Felipe Skolarining yetakchilik qobiliyati va tajribasi bizga sovrinni olishimizda katta yordam bergandi. O'shanda chin dildan mehnat qilib, mas'uliyatni his qila olgandik.

Agarda 4 yil oldin Rossiyadagi JCHdagi terma bilan solishtiradigan bo'lsak, Titeda tanlov imkoniyati ko'proq. Ayniqsa, himoyada. U buni eplay oladi. Markaz va hujumda ham unda yaxshi variantlar bor.

Biz mundialda o'ynaganimizda favorit hisoblanmagandik. Hozir esa ko'plab muxlislar Braziliya termasini JCH sovrini uchun asosiy davogarlardan biri deb hisoblamoqda", - dedi Karlos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror