Roberto Manchini Saudiya Arabistoni bilan asosiy maqsadini aytdi

Mirjalol Normatov
29 avg 2023
Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini shogirdlari bilan Osiyo Kubogi g'olibi bo'lmoqchi.

"Asosiy maqsad - Saudiya Arabistoniga 27 yillik Osiyo Kubogini olib kelish", - dedi murabbiy "Inside World Football" nashriga.

Manchini yaqindagina Osiyo termasi boshqaruvini qo'liga oldi. Uning qo'l ostida jamoa ilk o'yinini 8 sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o'tkazadi.

Osiyo Kubogi o'yinlari 2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Inside World Football