Roberto Martines - Azar haqida: "Hech kim bunday bo'lishini kutmagandi"

Mirjalol Normatov
8 noya 2021
Belgiya termasi bosh murabbiyi Roberto Martines "Real" yarim himoyachisi Eden Azarning klubidagi holati haqida gapirdi.

"Noodatiy holat. Bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. Biroq bu futbol. Tibbiyot nuqtayi nazaridan olib qarasak, Edenda barchasi joyida. U to'liqligicha tayyor.

"Real" bilan munosabatlarimiz yaxshi. Azar jismoniy holatini yaxshilash uchun qo'shimcha mashg'ulot ham qilayotganini bilamiz. U eng yuqori holatiga qaytishi uchun qo'lidan kelganini qilmoqda. Termalar o'yinlari - uning maydonga tushishi uchun eng yaxshi imkoniyat.

Holatni ideal deb bo'lmaydi. Biz Edenning futboldan rohatlanmay qo'yishidan qo'rqyapmiz. Hozircha bunday bo'lmayapti. Azarga ishonaman. U ushbu mavsumda o'zini ko'rsata oladi", - dedi Martines.

Belgiyalik ushbu mavsumda "Real" tarkibida 36 daqiqagina o'ynadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia