Yilning eng yaxshi futbolchisi deb Vinisius Junior topildi. Vini berilgan ovozlarni maxsus hisob-kitobidan so'ng 48 ochko bilan g'olib bo'ldi. Ikkinchi o'rinda Rodri (43 ochko), uchinchi pog'onada Jud Bellingem (37 ochko) qayd etilgan. Etiborlisi, Lionel Messi berilgan ovozlarga ko'ra 6-o'rinda qayd etilgan.
Malumot uchun, The Best sovrinida g'olibni aniqlash uchun dunyodagi barcha mamlakatlarning milliy jamoalari bosh murabbiyi va sardori, shu bilan birga, o'sha mamlakatdan bo'lgan bir nafar jurnalist ovoz beradi.
Izohlar