Rodrigo: "U bilan to'qnashsam, samolyot bilan to'qnashgandek bo'laman"

Mirjalol Normatov
15 noya 2022
"Real" futbolchisi Rodrigo Goes jamoasida unga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan sherigi haqida gapirdi.

- Sheriklaringizning katta qismi mundialda Sizga qarshi o'ynashi mumkin. Agarda biror kishini termadan chiqarib tashlash kerak bo'lganida aynan qaysi jamoadoshingizni tanlagan bo'lardingiz? Aynan kimga qarshi o'ynash juda qiyin?

- Ularning barchasi zo'r, agarda shunday imkoniyat berilganda men Antonio Ryudigerni Germaniya termasidan ketkazgan bo'lardim. U juda kuchli, hujumchilar o'tishda juda qiynaladi. Ishoning, uning har kunlik mashg'ulotidan zavq olaman.

- Rostdan ham juda qiyinmi?

- Ryudiger bilan to'qnashsam, samolyot bilan to'qnashgandek bo'laman. U aqlbovar qilmas!, - dedi "Real"ning braziliyalik futbolchisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal