

1983 yildan keyin ilk marta APLda eng yomon start olgan jamoa ustozi Brendan Rojersning iste'fosi bo'lishi kutilmoqda. "Tulkilar" liganing dastlabki 7 o'yinining oltitasida mag'lub bo'ldi. Kecha esa jamoa "Tottenxem"ga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qayd etilishicha, "Lester"ga ayni damda "Brentford" ustozi Tomas Frankning nomzodi ko'proq maqul kelmoqda. Undan tashqari aprel oyida "Bernli"dan ketgan Shon Daychning ham varianti ko'rib chiqilyapti.



