"Roma" bosh murabbiyi kim bo'lishi deyarli aniq

Alisher
7 iyun 2019
"Shaxtyor" bosh murabbiyi Paulo Fonseka Italiyaga yo'l olishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning so'zlariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisning "Roma"da ishlashi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Shartnoma 3 yilga mo'ljallanadi.

Dastlab "Shaxtyor" murabbiyning tovon puli uchun 5 million evro so'radi, yakunda esa 2 million evroga kelishildi.

46 yoshli portugaliyalik mutaxassis 10 iyunda Italiyaga kelishi kutilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com