

Tomonlar 17 mln. evrolik transferni kelishib olishdi. Uchrashuv Gollandiyada bo'lib o'tdi.
27 iyun kuni Rik Karsdorp tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Rimga yetib keldi. Oldinroq futbolchi xizmatlariga "Inter" qiziqish bildirgan edi, biroq himoyachi aynan rimliklar safida o'ynamoqchi.
So'nggi mavsum Karsdorp Gollandiya chempionatining 30 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.



