"Roma" futbolchisi klub bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
12 mar 2025
"Roma" yarim himoyachi Leandro Paredes bilan shartnoma uzaytirilganini xabar qildi.

Tomonlar hamkorlikni davom ettirishadi. Yangi bitim 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Paredes 2024 yildan beri "Roma"da o'ynaydi. Futbolchi "bo'rilar" safida jami 129ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.

"Roma" A Seriya turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. Klub hisobida 28 o'yindan so'ng 46 ochko bor.



AlisherMaqola muallifi
Muqova: asroma.com

Izohlar

Imdorama
12 mar
11- yilda 130 ta uyin