"Roma" futbolchisi shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2017
"Roma" himoyachisi Federiko Fasio Rim klubi bilan shartnomani uzaytirdi.

Yangi kelishuv 2020 yilning yozigacha amal qiladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Himoyachi 2016 yildan beri "bo'rilar" sharafini himoya qiladi va bu vaqt ichida u "Roma"ning 59ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Joriy mavsum u 10 marotaba A Seriya bahslarida ishtirok etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia