"Roma" Sardor Azmunni "Bayer"dan to'liq sotib olishi mumkin, agar...

Narzulla Saydullayev
28 apr 2024
"Roma"da ijarada o'ynayotgan eronlik hujumchi Sardar Azmun Rim klubining to'laqonli a'zosiga aylanishi mumkin.

Eronlik futbolchi ayni paytda "Bayer"ga tegishli. Rim klubida uni 12,5 million evroga sotib olish huquqi mavjud.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Roma" Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa bu transfer amalga oshishi mumkin. Klub YCHLga chiqishi uchun Italiya A Seriyasida kuchli beshlikka kirishi yoki Yevropa ligasida g'olib bo'lish kerak.

Azmunning o'yini Rim klubi bosh murabbiyi Daniele de Rossiga yoqishi aytilmoqda.

Bu mavsum eronlik hujumchi A Seriyada 19 ta o'yinda 3 ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gazzetta.it