"Roma" va "Atalanta" "Speciya" yetakchisi uchun kurashadi

Alisher
27 may 2021
"Speciya" markaziy yarim himoyachisi Julio Majore faoliyatini A Seriyaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

23 yoshli italiyalik futbolchini "Roma" va "Atalanta" klublari selekcionerlari diqqat bilan kuzatishmoqda.

Italiyaning ikki professional divizionlarida 130dan ortiq o'yin o'tkazgan "Speciya" tarbiyalanuvchisi ikki yildan beri "Atalanta" kuzatuvida. "Roma"ning qiziqishiga esa ko'p bo'lmadi - "bo'rilar"ning yangi ustozi Joze Mourinyu uni ko'rib chiqmoqda.

"Speciya" rahbariyati transfyerdan 10 million evro atrofida ishlab olmoqchi. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Majore o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato