"Roma" va "Milan" sobiq futbolchisi Fabio Kudichini vafot etdi

Sherzod Nurmatov
10 jan 2025
"Roma" va "Milan" jamoalari sobiq darvozaboni Fabio Kudichini 89 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Kudichini "Roma" bilan Yarmarkalar Kubogi va Italiya Kubogini yutgan bo'lsa, "Milan" bilan Italiya chempioni bo'lgan va Italiya Kubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, Evropa Chempionlar Kubogi, Kubok egalari Kubogi va Qitalararo Kubogida g'oliblikka erishgan.

Fabioning o'g'li Karlo Kudichini "Milan", "Chelsi" va "Tottenxem"dagi o'yinlari bilan tanilgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: uefa.com

Izohlar

Kristensen
10 jan
Karlo kudichini yaxshi darvozabon edi . Chelsida 23-raqamda oʻynar edi .2009-yil Totenxemga sotgan chelsi
Умид Умид
10 jan
Ўғли Карло кудичина