"Roma"ga Anchelotti kelishini istardim, lekin..."

Omonjon To`xtamirzayev
6 mar 2025
"Roma" afsonasi Franchesko Totti jamoani qaysi murabbiy boshqarishini istashi haqida gapirdi.

"Anchelotti. Ammo u baribir kelmaydi. Agarda Anchelotti kabi buyuk mutaxassis varianti bo'lganida, u shunday derdi: "Mayli, men kelaman, lekin jamoachi? Agarda barchasi hozirgi holatida qolsa, men bu taklifni rad etaman. Siz nimanidir o'zgartirishingiz zarur.

Gap jamoa asosida. Barcha murabbiylar ishni shundan boshlaydi.

Men uchun murabbiy - bu asos. U futbolchilarni tayyorlab, maydonga tushirishni qoyillatishi kerak, ammo shu bilan birga chempionlarni boshqara olishi ham zarur. Bu esa oson ish emas. Anchelotti - bu borada dunyoning eng zo'r murabbiyi. O'yinchilardan so'rang - ular Karloni yaxshi ko'radi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: onefootball.com