“Roma”ga “Milan” futbolchisi kerak

Jakomo faoliyatini Rimda davom ettirishi mumkin.

“Roma” “Milan” yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura uchun kurashga qo'shildi.

Qayd etilishicha, Rim klubi futbolchiga 3 yillik bitim taklif qilishi kutilmoqda. “Bo'rilar” futbolchiga yillik 2 mln evro maosh berishga tayyor. Jakomo Milanda ham shuncha maosh oladi.

Avvalroq futbolchiga “Torino” ham davogarlik qilayotgani aytilgandi.

30 yoshli Bonaventura 2014 yil “Atalanta”dan 7 mln evro evaziga “Milan”ga o'tgandi. U joriy mavsum klub safida 19 ta o'yinda 3 ta gol urdi.


Manba: Football Italia