Romanoli "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Alisher
18 sen 2021
"Milan" himoyachisi Alessio Romanolining agenti Mino Rayola o'yinchining "Yuventus"ga o'tishi mumkinligini aytdi.

Kelasi yozda o'yinchining shartnomasi yakuniga etadi.

"Romanoli "Yuventus"ga qo'shilishi mumkin, sababi uning iyunda shartnomasi yakunlanadi. De Ligt bilan birga o'ynash imkoniyati rostdan ham bor. Ammo, Matteysning "Yuventus"da qolishi fakt emas", - deydi Rayola.

26 yoshli himoyachi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.







AlisherMuallif
Manba: Tuttosport