Romario: "Hozir jahonning eng zo'r futbolchisi - Neymar"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2017
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Romarioning fikricha, "Barselona" forvardi Neymar jahonning eng yaxshi futbolchisi.

"Neymar bugungi kunda - Braziliyaning asosiy yulduzi va jahonning eng yaxshi futbolchisi. Ronaldu Messi va Neymardan kuchsizroq. Neymarni "Barselona" va Braziliya terma jamoasidagi o'yini uchun eng yaxshi futbolchi deydigan payt keldi.

U bizni Rossiyadagi jahon chempionatida g'alabaga etaklash mumkin. Braziliya terma jamoasi nihoyat avvalgidek ko'rinmoqda va bu o'zgarishlar Tite tomonidan bajarildi. Aynan shu sababli bu turnirga chiqa oldik" - deydi Romario.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com