Ronald Kuman: "Yangi shartnoma imzolashga tayyorman"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2021
"Barselona" bosh murabbiyi klubda ancha vaqt qolmoqchi.

Ronald Kuman klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorligi haqida gapirdi.

"Albatta, men yangi shartnomani muhokama qilish uchun tayyorman. Men klubning qiyin ahvoliga qaramasdan, "Barsa"da uzoq qolishni xohlagandim. 

Bizning qarorlarimiz bilan jamoa yosh futbolchilar orqali katta yutuqlarga erishadi deb o'ylayman. Men ularni uch, to'rt, besh yildan keyin ham shug'ullantiraman deb o'ylayman", -deydi Ronald Kuman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Barcelona.com