Ronaldinyo: Braziliya terma jamoasi o'yinlarini ko'rmayman

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2013
Hozirgi vaqtda "Atletiko Mineyro" klubi sharafini himoya qilayotgan mashxur braziliyalik futbolchi Ronaldinyo, Konfederatsiyalar Kubogi doirasidagi Braziliya terma jamoasi o'yinlarini kuzatib bormayotganini tan oldi.
Bu haqda Braziliya nashrlarishga tayangan holda, championat.com nashri xabar bermoqda.

Shuni takidlash lozimki, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyai Luis Felipa Skolarining Ronaldinyoni terma jamoaga jalb qilmaganligi haqidagi qarori ko'pchilikni hayron qoldirdi. Ronaldinyoning o'zi yana tarma jamoa safida to'p surishni va o'z mamlakatida bo'lib o'tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etishni juda xohlayotganini bir necha bor aytib o'tgandi.

"Mening Braziliya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilish odatim yo'q. Bu klublarim o'yinlariga ham tegishli. Men doim o'zim maydonda o'ynashni va shu o'yinlardagi eng qiziq vaziyatlarni tomosha qilishni yoqtiraman".

"Albatta, men tarkibdan joy olishga umid qilgandim. Hozir esa jamoaga muxlislik qilish va unga omad tilashdan boshqa iloj yo'q", deydi Ronaldinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: