Ronaldinyoning kartochkasi "FIFA 20"dan o'chirilishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 apr 2020
"Milan" va "Barselona"ning sobiq futbolchilaridan biri bo'lgan Ronaldinyo "FIFA 20" simulyatoridan o'chirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, bunga sabab sifatida sobiq futbolchining pasport borasida yuzaga kelgan mojaro va qamoq jazosi keltirilmoqda.

Shu sababli uning onlayn rejimda "Ultimate Team"dagi barcha uch kartochkasi bekor qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bungacha televidenieda francuzcha so'kinishlarni aytgani uchun Marko van Bastenning kartochkasi bekor qilingandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal