Ronaldo koronavirusga chalindi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2022
Braziliyalik afsona Ronaldo COVID-19 virusi bilan kasallangani tufayli Braziliya – Serbiya o'yinini o'tkazib yubordi.

U o'yinni tribunadan turib tomosha qilgan mashhurlar orasida ko'rinish bermadi. 46 yoshli braziliyalikning virus uchun topshirgan testi musbat chiqqani ma'lum bo'ldi. Shu tufayli u mehmonxonada izolyaciya qilingan. Uning ahvoli yaxshi ekani va grippga xos alomatlarni sezayotgani aytilmoqda. 

U keyingi hafta boshiga qadar odamlar orasida ko'rinish bermaydi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi JCH-2022 doirasida Serbiyaga qarshi o'yinda yorqin o'yin ko'rsatib, Risharlisonning dubli evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozondi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte