Ronaldu dunyoning mashhur filmida rol o'ynaydi

Khoja
13 dek 2025
"Al-Nassr" va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu "Forsaj" franshizasining yangi filmida rol o'ynashi mumkin.

Bu haqda aktyor Vin Dizel ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi.

"Hamma mendan uni "Forsaj" filmida rol o'ynashini so'ragan edi... Aytishim kerakki, bu albatta sodir bo'ladi. Biz unga filmda ishtirok etishi uchun alohida rol yozdik", deb yozdi Dizel ijtimoiy tarmoqlarda o'zi va Ronalduning surati joylab.

Avvalroq "Forsaj" franshizasining oxirgisi bo'lishi kutilayotgan 11-qismi 2026 yilda chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com