Ronaldu Peresdan "Portu" hujumchisi Andre Silvani xarid qilishni so'radi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2017
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Portu" hujumchisi Andre Silvaning o'yin sifatlarini yuqori baholaydi.

Shu sababli futbolchi "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresdan Silvani xarid qilishni so'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar "Real" portugaliyalikni xarid qilmoqchi bo'lsa, kamida 60 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.

Joriy mavsumda Silva Portugaliya chempionatining 24 ta uchrashuvida 15 ta gol urdi. Futbolchi va "Portu" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozigacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola