Ronaldu rodjestvo tatilini Dubayda o'tkazadi

Alisher
24 dek 2020
"Yuventus" o'yinchisi Krishtianu Ronaldu rodjestvo tatilini Dubayda o'tkazishga qaror qildi.

Portugaliyalik rodjestvo oldidan Turin va Italiyani tark etadigan yagona "Yuventus" o'yinchisi emas, yana uch yoki to'rt futbolchi ham koronavirus pandemiyasi tufayli jiddiy cheklovlar o'rnatilmagan issiq o'lkalarga yo'l olishadi.

21 dekabrdan 6 yanvarga qadar Italiyaga qaytishda o'yinchilar izolyaciyada qolishlari, jamoadan alohida mashg'ulot olib borishlari va muntazam ravishda koronavirusga testdan o'tishlari kerak.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" 2020 yildagi so'nggi o'yinda o'z maydonida "Fiorentina"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport