Ronaldu va "Al Nassr" OCHLda ishtirok eta olmasligi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
1 may 2023
Buning uchun "Al Hilol" mamlakat kubogi finalida mag'lub bo'lishi kerak.

Saudiya Arabistoniga berilgan 3+1 yo'llanmasini 2ta jamoa qo'lga kiritib bo'lgan.

"Al Hilol" amaldagi chempion,

"Al Fayha" amaldagi kubok sohibi (pley off). 


2022/23 chempioni

1. "Al Ittihod" 24 o'yin, 59 ochko. 

2. "Al Nasr" 25 o'yin, 56 ochko. 

3. "Al Shabab" 24 o'yin, 50 ochko. 


2022/23 kubok sohibi

Final, 12 may. "Al Hilol" va "Al Vahda". 


Bu vaziyatda sensaciya yuz berib, 13-o'rindagi "Al Vahda" finalda 4-o'rindagi "Al Hilol"ni yutib qo'ysa va "Al Ittihod" chempionlik poygasida birinchi kelsa, OCHL o'zi kutayotgan Ronalduni yo'qotadi. 

Lekin vaziyatga real qarasa, "Al Hilol" juda kuchli. Ammo 6 may kuni ular OCHL g'olibligi yo'lida ikkinchi finalni Yaponiyada o'tkazadilar. Agar ular OCHLda g'alaba qozona olsalar, tabiiyki, kubok uchun ja katta ishtiyoq bilan o'ynamasligi mumkin. Qolaversa charchoq ham bo'ladi. "Al Vahda" uchun bu hayot-mamot jangi. Bitta o'yinga tayyorlanish mumkinligini, 1/2 finalda "Al Nasr"ga qarshi ko'rsata oldilar. 

Shu tariqa kubok "Al Vahda"ga o'tib ketsa, u holda Ronalduning asabi yana buziladi. 

Chempionatda birinchi bo'lish ham oson emas. 1 ta o'yin ko'p va o'zaro natija "Al Ittihod" foydasiga (1:0, 0:0). 

"Al Ittihod"ni "Al Hilol"ga qarshi qiyin o'yini borligini ham unutmaslik kerak. 

Lekin shuncha katta mablag'ni qirollik g'aznasidan to'layotgan mamlakat "Al Nasr"ni OCHLga chiqa olmasligini “istamasa” kerak. 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Haqiqat-2
1 may 2023
Роналду мухлисларига оперкот зарбадан бупти,
Xurshid Bakhtiyaroff
1 may 2023
Al Hilol OCHL ni yutsa, kubok finalini shunchaki berib yuborishi ham mumkin. Sababi: Al Nassr ularning ashaddiy dushmani. Shu tufayli ular ataylab yutqazib berishsa ajabmas
Burhonbek Abdumo'minov
1 may 2023
Unaqa qimanglarey Ronalduni Toshkent yoki Qarshida OCHL dasturxon dasturida qatnashishi uchun kelishini kutyabmizku)
Barcelona nomer 1
1 may 2023
Офсайд корсатувига олиб чикмокчидикку уни
Azizbek Rustamovich3
1 may 2023
Agar Al Hassr OChLga chiqsa hamma jamoa shu jamoa bilan bitta guruhga tushushni istasa kerak.Ronaldu effekti.men Messi muxlisimanu lekin Ronaldu O‘zbekistonga kelsa jon deb o‘yinini ko‘rgani borardim.ikki futbol dahosidan biri u.hurmatga loyiq futbolchi.Messi shu yigitsiz biz bilgan Messi bo‘lmasligi mumkin edi
Бахтийор Ашуров
1 may 2023
Роналдони муҳлислари ҳавотирланишмасаям бўлади. Шайиҳлар уни ҳар қанақа йўл билан ОЧЛни олиб боришади.
Azizbek Rustamovich3
1 may 2023
OChL juda tushunarsiz musobaqa.OChL g‘olibiga alohida kvota berilishi kerak mamlakatni kvotasiga qo‘shmay.bu musobaqada shundayki,play off bir o‘yindan iborat,ammo final....bu musobaqa tashkilotchilariga ham kulguli tuyulsa kerak.dunyodagi eng ahmoqona chempionat.bir mamlakatga to‘rrta yo‘llanma berilsayu unda chempionatning ikkinchi o‘rin egasi bo‘lmasa???
Shuhrat Mamatov
1 may 2023
Ronalduga OCHL kerak emas. OCHLga Ronaldu kerak
Barcelona nomer 1
1 may 2023
Уни огиллари келишини кутишятоди тонгич огли Мессини номидан профиль очиб сасидигон детские иккинчиси хамма билган Геймарано учинчиси Бавария никли бола кейин Хуйверде дегани хам бор ва бошка болалари бу бечараларгаям кийин болибди арконди олиб молхонага кириб кетишорасан енди дадаларинг билан бошка коришасанлар енди
Ванселот
1 may 2023
Роналду Ювентусга келганигача 1 уринда юрарди, Мюга келгунича МЮ 2 - уринда эди, Ал Наср у келганича 1 - уринда эди,хаммасида у келганидан кейин пасайиш булган,Роналду эфектига гап йук,командами натижасини пасайтириш керакми,роналдуни олиб кел булди, натижа факат пасаяди
Ko'proq ko'rsatish