Ronaldu va andorralik futbolchi Evro rekordini takrorlashdi

Eldor Akmurzayev
27 mar 2023
Evro-2024 saralashida Portugaliya TJ dastlabki ikki turda Lixtenshteyn (4:0) va Lyuksemburgni (6:0) taslim etishga erishdi.

Krishtianu Ronaldu mazkur bahslarning ikkisida ham dublga erishdi. Shuningdek, Andorra – Ruminiya (0:2) uchrashuvida 40 yoshli yarim himoyachi Mark Pujol zaxiradan o'yinga qo'shildi.

Shu tariqa, Ronaldu va Pujol 6 ta Evro (saralash va final raundi)da maydonga tushgan futbolchilar qatoriga qo'shilishdi. Avvalroq, bunday rekordni Ildefons Lima (Andorra), Mario Frik (Lixtenshteyn), Yari Litmanen (Finlyandiya) va Lotar Matteus (Germaniya) qayd etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS