Ronaldu yilning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasida Zidanga ovoz bermaydi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2016
Real va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasida kimga ovoz berishini ma'lum qildi.

Mening ikki ustozim Santush ham, Zidan ham bu yil ajoyib ishlashdi. Ammo menimcha Portugaliya bilan ilk bor Yevropa chempionatida g'olib chiqish, Real bilan YCHLda g'olib bo'lishdan qiyinroq bo'ldi. Zidan fantastik ishni bajardi, biroq bitta murabbiyni tanlash kerak bo'lsa Santushni tanlayman.

Ularning ikkalasi ham eng yaxshi murabbiy bo'lishga to'la haqlilar.

Bu yil mening faoliyatimdagi eng ajoyibi bo'ldi. Real bilan Yevropa chempionlar ligasidagi g'oliblik, Evro-2016da Portugaliya bilan chempionlik, Real va Nike bilan shartnomalarning uzaytirilishi ajoyib, - deydi Ronaldu.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com