Ronalduning Dubayga ketganidan italiyalik muxlislar g'azablandi

Mirjalol Normatov
27 dek 2020
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Rodjestvo bayramini o'tkazish uchun Dubayga uchib ketdi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, uning pandemiya davrida Italiyada qolmasdan boshqa davlatga uchib ketgani ko'plab muxlislarga yoqmagan va noroziliklar paydo bo'lgan.

Ronalduga klub rahbariyatining o'zi rozilik bergan. Undan tashqari "Yuventus"ning ko'plab futbolchilari boshqa davlatlarga uchib ketgan. Ammo ular qaytgan taqdirda 10 kun davomida karantinda saqlanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport