Rossiya birinchi ligasi. Galiulinda 83 daqiqa, Vitaliy Denisov jamoasida mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
15 mar 2021
Kecha Rossiya birinchi ligasida (FNL) 30-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

O'zbekistonlik futbolchilar Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov to'p tepayotgan "Nefteximik" Vladikavkazda "Alaniya" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ushbu bahsda Galiulin 83 daqiqa harakat qildi va birinchi taymda sariq kartochka oldi. Davlatov esa yana zaxirada qoldirildi. "Nefteximik" ushbu durangdan so'ng ochkolari sonini 50taga etkazib oldi va 8-o'rinda bormoqda.


Alaniya - Nefteximik - 1:1
Gollar:
Mashukov, 30 (1:0). Uridiya, 58 (1:1). 





O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov faoliyat oli borayotgan "Tom" Astraxan shahrida "Volgar" mehmoni bo'lib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu bahsda Denisov to'liq o'ynadi. "Tom" 30ta o'yindan 21 ochko holda 22ta klub orasida 21-o'rinda bormoqda.

Volgar - Tom - 2:1
Gollar:
Nikolaev, 4 (1:0). Pogosov, 63 (2:0). Ennin, 88 (2:1).



 


ROSSIYA FNL MUSOBAQA JADVALI


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

PFC SO'G'DIYONA
15 mar 2021
Россияни 1 лигаси бизни Кока-Кола лигамиздан кучлирок экан. Шароитлари хам яхширок. Гап йук Россияга кетамиз.
BoHoSH
15 mar 2021
Bularni Uzbga qaytaradigan vaqt keldi lekin
tma
15 mar 2021
Захирадан бушамади