"Rossiya klublari O'zbekiston terma jamoasi azosini bepul qo'lga kiritishni xohlashmadi"

Narzulla Saydullayev
2 feb 2024
Ayni paytda Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Otabek Shukurov borasida xabar paydo bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Rossiya premer-ligasining bir qator klublariga taklif qilingandi, ammo ular 27 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishmadi. Bu haqda rossiyalik jurnalist Konstantin Belov o'z telegram kanalida malum qildi.

"Shukurov 2024 yil yanvar oyidan buyon erkin agent hisoblanadi. Uning oxirgi klubi "Fatih Karagyumryuk" bo'lgandi. Bu mavsumda o'zbekistonlik futbolchi 15ta o'yinda 1ta assist qayd etgandi. Transfermarkt portali uni 2,5 million evroga baholamoqda.

Tajribali futbolchini bepul qo'lga kiritishni hech qaysi klub xohlamagani hayratlanarli. Ko'ramiz, balki qaysidir klub yaxshiroq o'ylab ko'rar", - deb yozadi muallif.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

DavrON€
2 feb 2024
Hayratlanarli joyi yo’q. Misol uchun Ronaldo ham erkin agent bo’ganda aslida uni olishni xoxlidiganlar soni ko’p edi, lekin uni so’ragan oyligini qibera oladiganlar topilmadi Yevropada. Shukuriv ham tekin o’yinchiligi hisobiga oylikni kottaroq so’ravotgan bo’lishi tabiiy, tem bolee arab komandasida o’ynagan normalniy pul ko’rgan bola. Lekin agar ishonch bildirilsa Rossiyada bemalol o’ynab ketardi.
UFA bu UFA
2 feb 2024
Yosh bilanmi yoki boshqa omillar sababmi bilmadim O. Shukurov oʻyini pasayib ketdi toʻgʻri Sayfiyevdan yaxshi oʻyniydi lekin batibir pasayish bor. Balki oʻz ustida ishlamagamdir yana bilmadim
PFCGʻALABA
2 feb 2024
Otabek mayli uksinma biz uchun san eng kuchlisan fudboldaham hayotdaham yaxshi insonsan
Don K'arleon
2 feb 2024
Италия b' серияси ёки испан сегундаси жамоаларига таклиф этиб кўриш керак агентлари. Мухими камида 3 йиллик шартнома билан. Отабек Европача футбол ўйнайди ва у каби жамоаларнинг ажралмас қисми бўла олади.
БЕК@
2 feb 2024
Отабек Шукуровнинг ЖЧ-2026 саралашида урган голларини эсдан чиқарманглар