Rossiya Superkubogi uchun bahs iyulda o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018
Rossiya Superkubogi uchun o'yin 6 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Bu haqida Rossiya Premer-ligasi prezidenti Sergey Pryadkin ma'lum qildi.

"Keyingi mavsumni 6 iyul kuni Rossiya Superkubogi uchun bahs bilan boshlashga qaror qildik" - deydi Pryadkin.

Rossiya Superkubogi uchun o'yin 2003 yildan beri o'tkazilib kelmoqda. Unda milliy chempionat g'olibi va mamlakat Kubogi sohibi to'qnash keladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com