Bu haqda Rossiya Federaciyasi sport vaziri Mixail Degtyarev xabar berdi.
"Istanbulda bo'ldim. Turkiya termasida ham shunday qiziqishlar bor, xatto Turkiya Respublikasi elchixonasi ham bu mavzuda taklif bilan chiqdi.
100 yil oldin Turkiya bilan Sobiq Ittifoq termalari o'rtoqlik o'yinini o'tkazgandi. Nega ular yana o'ynamasligi kerak?
Bu mavzu bo'yicha ishlaymiz", - dedi Degtyarev.
Eslatib o'tamiz, Rossiya termasi taqiq tufayli faqatgina o'rtoqlik o'yinlari o'tkazmoqda. Ushbu mamlakatning barcha yoshdagi termalariga rasmiy o'yinlarda qatnashish taqiqi bor.
Izohlar