

“Rossiyada, hattoki, FNL (1-Liga) infratuzilmasi yaxshiroq albatta. Biroq, o'sha “Astana” va “Kayrat” bemalol RPLda o'ynay olishgan bo'lardi. O'yinchilar darajasi yuqori”, deydi 24 yoshli Lobancev.
Eslatib o'tamiz, Qozog'iston chempionatining joriy mavsumining 2-3 tur bellashuvlari o'tkazilgan. Jadvalda 7 ochko bilan “Astana" peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Qayrat" hisobida esa 6 ochko bor. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi qoidalari 4 may kuni yumshatilgandi.


