"Rostov" tarkibini belaruslik futbolchi bilan kuchaytirdi

Mirjalol Normatov
14 okt 2020
Brestning "Dinamo"si himoyachisi Aleksandr Pavlovec "Rostov"ga o'tdi.

Klub rasmiy saytida yozilishicha, futbolchi transferlar oynasi yopilgunga qadar "Rostov" tarkibiga borib qo'shiladi. Shartnoma shartlari hozircha ma'lum emas.

Pavlovec Belarus termasi futbolchisi hisoblanadi. 2017 yildan buyon terma tarkibid 6 o'yinda qatnashgan.

"Rostov" RPLning 9 turida 17 ochko jamg'arib, 7-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Ростов" матбуот хизмати